Toshkentda 4 yoshli qizchaning qotili ushlandi

Toshkentda 4 yoshli qizchaning qotili ushlandi
Bosh prokuratura matbuot xizmati qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilganligi yuzasidan bayonot berdi.

2019 yil 20 dekabr kuni soat 01:30 larda M.Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida fuqaro V.K. (1978 y.t., sudlangan) birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib, jahl qilgan holda ayolni voyaga yetmagan farzandini uyning 4-qavatidan yerga tashlab yuborgan. Oqibatda voyaga yetmagan qiz (2015 y.t.) vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 23.12.2019 yilda M.Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. V.K. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.