Shavkat Mirziyoyev Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Tashrif chog‘ida harbiy xizmatchilar, vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbariyati, texnika yo‘nalishidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Harbiy ta’limni rivojlantirish, aloqa bo‘yicha harbiy mutaxassislarni saralash va tayyorlashning keng ko‘lamli tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi choralar belgilab olindi.
Shavkat Mirziyoyev Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Davlatimiz rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan qurilish ishlari, mudofaa tizimida aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jangovar va o‘quv tayyorgarlik jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shavkat Mirziyoyev Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev harbiy qism ixtiyoridagi maxsus texnika va aloqa vositalarining namunalari bilan tanishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.