Andijonda Xitoydan kelgan talaba koronavirusdan gumonlanib shifoxonaga yotqizildi

Andijonda Xitoydan kelgan talaba koronavirusdan gumonlanib shifoxonaga yotqizildi
Ikki kun avval Xitoydan kelgan talaba yigit koronavirus bilan gumonlanib Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.
Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan kasalxona vrachining aytishicha, isitma va bosh og‘riqdan shikoyat qilgan bemor 1 fevral kuni shifoxonaga murojaat qilgan.

Bemor boshqa kasallardan bo‘shatilgan alohida palataga yotqizilgan.
Kasalxona vrachi tekshirishda koronavirus aniqlanmaganini aytmoqda.

Andijonning Jalaquduq tumanidan bo‘lgan bemor ikki kun avval Xitoydan kelgani, Toshkent aeroportida hech kim uni tekshiruvdan o‘tkazmaganini shifokorlarga aytgan. Bemor shifoxonaning 2-bo‘limidagi alohida palataga olingan, barcha shifokorlarga maska taqish buyurilgan.

“Isitma 37,5, boshqa hech narsa yo‘q. Na tomoqda qizarish, na kataral belgi, na yo‘tal, na ko‘z qizarishi bor. Lekin, koronavirus emas. Shunga qaramay bemor alohida palataga olindi”, - dedi shifoxonaning bosh vrachi yordamchisi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.