O‘zbekistonda turizm va biznes uchun vertolyot xizmati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda turizm va biznes uchun vertolyot xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Foto: falke.com
Transport vaziri Elyor G‘aniyev Uzbekistan Helicopters tomonidan turizm va biznes uchun vertolyot xizmatlari yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Yaqin orada muayyan miqdorda yangi va zamonaviy, g‘arb modelidagi vertolyotlar xarid qilinadi. Ular aynan turizmni rivojlantirish, biznes xizmatlarini ko‘rsatish, ekskursiya safarlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi”, − deydi transport vaziri.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga asosan «Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi» negizida Uzbekistan Helicopters kompaniyasi tuzilishi belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.