Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi

Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi
Bugun, 19 mart kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochisiga «Kobalt» rusumli avtomobilni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz\'ga ma’lum qildi.

Okrug tasarrufidagi doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ilg‘or harbiy xizmatchilarga imtiyoz asosida avtomobil berilmoqda. Serjant Karim Maxmaraimov «Jangovar vzvod yili»da harbiy-amaliy, jangovar mashqlarda hamda kundalik xizmatda namuna bo‘lgani uchun okrug tarixidagi birinchi avtomobil sohibiga aylandi.
Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi
Serjant Karim Maxmaraimov Mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan «Tashabbuskor g‘oya» asosida harbiy ixtirochilik yo‘nalishida ham ko‘plab izlanishlar olib borgan. U zirhli texnikadagi 14.5 mm.li plumyot qurolini o‘qlash mexanizmini soddalashtirib, qurolni jangovar otish imkoniyatini oshirgan.
Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi
Shu alohida ta’kidlash kerakki, aprel oyida yana 10 nafar ofitser va serjantlarga 10 yil muddatga imtiyozli kredit asosida avtomobil topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi
Bundan tashqari, Samarqand, Jizzax va Navoiy garnizonida xizmat qilayotgan harbiylarni farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun 90 ta imtiyozli tavsiyanoma berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.