Koronavirusdan vafot etganlarning jasadi qarindoshlariga berilmaydimi?

Koronavirusdan vafot etganlarning jasadi qarindoshlariga berilmaydimi?
Illustrativ foto
AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov fuqarolardan tushgan savollarga javob berdi.

Koronavirusdan vafot etganlarning jasadi qarindosh-urug‘lariga berilmas emish, – degan savolga u shunday javob qaytardi:
Bunaqa tartib hech qayerda yo‘q. Koronavirus infeksiyasidan vafot etadigan bo‘lsa, uni dafn qilish, dafn marosimida ishtirok etish, dafnga tayyorlash – manashu ishlarga alohida talablar qo‘yilgan. Bu talab islom dinimizda ham keltirilgan. Qachonki, mayit tiriklarga xavf tug‘diradigan bo‘lsa, ehtiyot chorasini ko‘rish borasida alohida ko‘rsatmalar mavjud. Shu nuqtai nazardan, “qarindoshlarga berilmas ekan” degan fikr butunlay noto‘g‘ri. Faqat ularning dafn qilish marosimlariga alohida talablar borligini bilib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi, – dedi Nurmat Otabekov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.