Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kelingan 564 kishi karantinga joylashtirilgan

Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kelingan 564 kishi karantinga joylashtirilgan
O‘zbekistonning davlat chegaralari yopilishi munosabati bilan 23 martdan boshlab Qozog‘istonning Turkiston viloyati «Jibek-Joli» avtomobil o‘tkazish punktida vatanga qaytishni istagan O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatildi.

Shu kuni ushbu nazorat-o‘tkazish punktida to‘plangan fuqarolar soni 700 kishidan oshib ketdi.
Soat 21:30gacha 564 nafar yurtdoshimiz sanitariya me’yorlariga rioya qilingan holda maxsus transport vositalarida O‘zbekiston hududiga olib o‘tildi va karantinga joylashtirildi.

Fuqarolardagi zo‘riqishni bartaraf etish va O‘zbekiston hukumati ko‘rayotgan chora-tadbirlarning mohiyatini tushuntirish maqsadida shu kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasidagi «Do‘stlik» o‘zbeklar etnik-madaniy uyushmalari assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bordi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.