Yana bir kishida koronavirus aniqlandi

Yana bir kishida koronavirus aniqlandi
Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xabar qilindi.

Hozircha koronavirusga chalingan fuqaro qaysi viloyatdan ekani, qayerda davolanayotgani va qanday holatda kasalni yuqtirgani tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Kecha tunda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 5 taga oshib, 172 nafarni tashkil etayotgani xabar qilingan edi. Eslatib o‘tamiz, bugungi qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlardan 8 nafar bemor to‘liq tuzalgan bo‘lsa, 2 nafari vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.