«Yuragi otni kallasidek» haydovchi "otni kallasidek" jarimaga tushdi (foto, video)

«Yuragi otni kallasidek» haydovchi "otni kallasidek" jarimaga tushdi (foto, video)
Joriy yilning 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani hududidagi suv quvuri ustidan harakatlanib o‘tgan «Spark» rusumli transport vositasi tasvirlangan videolavha tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, ushbu hodisa 4 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Tokzor MFY hududida sodir bo‘lgan. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda quvur ustidan harakatlanib o‘tgan avtomashina haydovchisi J.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-5-moddasi 2-qismiga ko‘ra bayonnoma tuzilib, 2.230.000 so‘m jarima belgilandi.
«Yuragi otni kallasidek» haydovchi "otni kallasidek" jarimaga tushdi (foto, video)
«Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yuqoridagi haydovchi kabi o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymasligingizni va «Yo‘l harakati qoidalari»ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi YHXBB xabarida.
«Yuragi otni kallasidek» haydovchi "otni kallasidek" jarimaga tushdi (foto, video)
Kelgusida boshqa haydovchilar ham o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklari uchun ushbu quvur usti tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.