Internetda traktor tirkamasida ketayotgan qorako‘lliklar videosi paydo bo‘ldi

Telegram’dagi Buxoro viloyati yangiliklarini yoritib boruvchi kanallarda Qorako‘l tumanidagi vaziyatga daxldor foto va videosuratlar paydo bo‘ldi. Ilova qilingan axborotda ta’kidlanishicha, aholi ommaviy tarzda viloyat ma’muriy markazi — Buxoro shahri tomon ketishni boshlagan.
«Potrebitel Buxara plyus» kanalida e’lon qilingan videoyozuvda odamlar nafaqat yengil avtomobillarda, balki yuk mashinalari va hatto traktor tirkamalarida ham ketayotganini ko‘rish mumkin; yo‘lda bir tomonga harakatlanayotgan avtomobillarning uzun karvoni paydo bo‘lgan.
Ayni vaqtda, @bukharainfo kanalida 15:41 da qoldirilgan xabarga ko‘ra, «hozirgina shahar ustidan ikkita vertolyot uchib, Qorako‘l tomon yo‘l olgan». Avvalroq viloyatga kuchli shamol talofatlari bilan bevosita tanishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgani ma’lum qilingan edi.
Qorako‘l tumanidagi vaziyat haqida hozircha biror rasmiy axborot berilgani yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Potrebitel Buxara plyus» kanalida e’lon qilingan videoyozuvda odamlar nafaqat yengil avtomobillarda, balki yuk mashinalari va hatto traktor tirkamalarida ham ketayotganini ko‘rish mumkin; yo‘lda bir tomonga harakatlanayotgan avtomobillarning uzun karvoni paydo bo‘lgan.
— Shukhrat (@bankir2102) April 28, 2020
Ayni vaqtda, @bukharainfo kanalida 15:41 da qoldirilgan xabarga ko‘ra, «hozirgina shahar ustidan ikkita vertolyot uchib, Qorako‘l tomon yo‘l olgan». Avvalroq viloyatga kuchli shamol talofatlari bilan bevosita tanishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgani ma’lum qilingan edi.
Qorako‘l tumanidagi vaziyat haqida hozircha biror rasmiy axborot berilgani yo‘q.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













