«Stadionga kiritmasa ham yo‘lini topamiz». Ikki muxlis «Union»—«Bavariya» o‘yinini 12 metrlik daraxtga chiqib kuzatdi

«Stadionga kiritmasa ham yo‘lini topamiz». Ikki muxlis «Union»—«Bavariya» o‘yinini 12 metrlik daraxtga chiqib kuzatdi
«Union» muxlislari Bundesliga 26-turidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yinni jonli ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikki nafar ishqiboz «Union» stadioni yonidagi 12 metrlik daraxtga chiqib uchrashuvni kuzatib borgan, deya xabar qilmoqda Bild. Ikkisi ma’lum vaqt futbol tomosha qilgan, biroq politsiya ularni ko‘rib qolgan va pastga tushishga majbur qilgan. Muxlislar jazoga tortilmagan, ular shunchaki o‘yingoh hududidan chiqarib yuborilgan.
«Stadionga kiritmasa ham yo‘lini topamiz». Ikki muxlis «Union»—«Bavariya» o‘yinini 12 metrlik daraxtga chiqib kuzatdi
Mazkur bahsda «Bavariya» maydon egalari ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va ochkolarini 58 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.