Buxoroda yangi gaz qudug‘i ochildi

Buxoroda yangi gaz qudug‘i ochildi
«O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Uzunshor» gazkondensat konidagi 14-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatilib, quduqqa 2623-2542 metr oralig‘ida filtr tushirildi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 4,4 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Uzunshor» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan bo‘lib, 2019 yilda ishga tushirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.