Navoiy viloyatida koronavirusning yangi holatlari uch hududda aniqlandi

Navoiy viloyatida koronavirusning yangi holatlari uch hududda aniqlandi
Bemorlarning 3 nafari Navoiy shahridan bo‘lib, Xatirchi va Karmana tumanlaridan 1 nafardan fuqaro ham infeksiyaga chalingan.
Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 280 nafar ekanligi qayd etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasidan ekanligi ma’lum qilingan edi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bemorlarning 3 nafari Navoiy shahridan, Xatirchi va Karmana tumanlaridan 1 nafardan infeksiyaga chalingan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.