Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlandi
Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» o‘zining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xizmatchisi tadbirkorga 1,4 millon AQSH dollari evaziga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Hokimlik vakili Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 25 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.