21 kishini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi

21 kishini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi
Foto: Videodan skrinshot
Surxondaryo viloyatida «GAZ» rusumli avtomashina yukxonasida 21 nafar kishini qonunga xilof tarzda tashigan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 27 avgust kuni Surxondaryo viloyati YPX inspektorlari tomonidan avtomobil yukxonasida qonunga xilof ravishda 21 kishini ortib harakatlanayotgan haydovchi to‘xtatilgan.

Aniqlanishicha, 1981 yilda tug‘ilgan haydovchining yonida avtotransport haydash uchun ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan. Inspektorning nega buncha ko‘p odam ortgani haqidagi savoliga haydovchi, yo‘lovchilarning avtomashinasi buzilib qolganini aytadi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan. Avtomashina esa jarima maydonchasiga kiritilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.