Qiz o‘ziga uylanaman deya aldagan yigitning «Jentra»sini qasddan yoqib yubordi

Qiz o‘ziga uylanaman deya aldagan yigitning «Jentra»sini qasddan yoqib yubordi
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
19 sentabr kuni Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar kelib tushdi. Unda ma’lum bo‘lishicha, 11-mavzeda 19 yoshli Sitora G. tomonidan 23 yoshli Asilbek N.ga tegishli bo‘lgan «Lacetti Jentra» rusumli avtomobil yoqib yuborilgan.

Tergov oldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o‘rtasida ma’lum vaqt muhabbat bo‘lgan. Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan.

Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.