Qanday hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

Qanday hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?
Ushbu savolga \"Huquqiy axborot\" kanali javob berdi. Qayd etilishicha, quyidagi hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:
— so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
— go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan bo‘lsa;
— veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
— ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa;
— veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;
— oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
— xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;
— veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.