Chinozda 5 ming tonnalik yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqdi

Ayni daqiqalarda Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yonib ketgan sisternada kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etmoqdalar.
Bir necha daqiqa oldin Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi. Bir necha daqiqada yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan.

«Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligining to‘liq nazorati ostida. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni to‘liq bartaraf etish uchun taxminan 1 soat vaqt ketadi. Ayni vaqtda qurbonlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan», deyiladi tezkor xabarda.


"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bir necha daqiqa oldin Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi. Bir necha daqiqada yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan.

«Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligining to‘liq nazorati ostida. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni to‘liq bartaraf etish uchun taxminan 1 soat vaqt ketadi. Ayni vaqtda qurbonlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan», deyiladi tezkor xabarda.


Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













