1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi

1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shu yilning 1 dekabridan O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad – elektron sportni rivojlantirish.

Kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:
  • fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
  • har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda ob’ektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.