Qariyb 4,5 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun 13 ta texnika vositasi xatlandi

Qariyb 4,5 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun 13 ta texnika vositasi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi ish yurituviga Asaka tumanlararo sudining 23.10.2020 yildagi javobgar “Agroservis Asaka mashina traktor parki” MCHJ hisobidan da’vogar ATB “Agrobank” foydasiga 4 mlrd. 395 mln. 789 ming 529 so‘m kredit asosiy qarzdorlik, 17 mln. 964 ming 311 so‘m foiz qarzdorligini undirish hamda undiruvni garovdagi qishloq xo‘jalik texnikalariga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Qariyb 4,5 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun 13 ta texnika vositasi xatlandi
Mazkur ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Asaka tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 16.12.2020 yil kuni qarzdor jamiyatga tegishli “Belarus”, “New Holland”, “TTZ 100 HC” rusumli traktorlar, shuningdek, jami 13 ta qishloq xo‘jalik texnika vositalari ro‘yxatga olinib, xatlandi.
Qariyb 4,5 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun 13 ta texnika vositasi xatlandi
Qarzdor jamiyat vakillariga kelgusida kredit qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, xatlangan texnika vositalari elektron onlayn-auksion savdosi orqali sotilishi yuzasidan tushuntirish berildi.
Qariyb 4,5 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun 13 ta texnika vositasi xatlandi
MIB Andijon viloyati boshqarmasi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.