Prezident bir vazirni ishdan oldi

Prezident bir vazirni ishdan oldi
Prezident farmoni bilan Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, Dilmurod Nabiyev boshqa ishga o‘tgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni selektor yig‘ilishida shu haftaning o‘zida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lishini qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Nabiyev 2018 yilning iyul oyidaJismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga tayinlangandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.