Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi
Qonunbuzarlar tomonidan turli nayranglar bilan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.Sh. ning xatti-harakati bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, yuklar orasida umumiy qiymati 60,5 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.