Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandakka tushib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi, qutqaruvchilar o‘z vaqtida yordam ko‘rsatdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 14 aprel kuni soat 07:00da A-373 «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining 244-kilometrida, «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, “Volvo” rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandakka tushib ketgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga zudlik bilan «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda yuk avtomashinasini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lum qilinishicha, bugun, 14 aprel kuni soat 07:00da A-373 «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining 244-kilometrida, «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, “Volvo” rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandakka tushib ketgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga zudlik bilan «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda yuk avtomashinasini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













