Kalta paypoqli o‘quvchilar qaysi maktabda tekshirilgani ayon bo‘ldi

Kalta paypoqli o‘quvchilar qaysi maktabda tekshirilgani ayon bo‘ldi
Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Bloger Shahnoza Soatova Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat bo‘yicha post e’lon qilgandi. Unda dars paytida bolalarning oyoq kiyimi yechtirilib, paypog‘i tekshirilgani, kalta paypoqlilarni suratga olishgani qayd etilgandi.

«Mazkur holat internet tarmog‘ida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Dastlab, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keltirilgan holat yuzasidan maktablarga hech qanday topshiriq berilmaganligini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda mazkur hodisa Mirobod tumanidagi 110-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlangan va hozirda haqiqiy holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda
», deyiladi XTV munosabatida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.