Sifati kafolatlanmagan dori vositalarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik holati o‘z vaqtida fosh etildi.
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, fuqaro M.U. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasida fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 40,5 million so‘mlik 108 dona “Neoton” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik holati o‘z vaqtida fosh etildi.
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, fuqaro M.U. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasida fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 40,5 million so‘mlik 108 dona “Neoton” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













