«Bespredel GAI»ga chora ko‘rildi

«Bespredel GAI»ga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqda «Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra:
Fuqarolar bilan muloqot jarayonida, xushmuomala, kamtar va bosiq bo‘lmasdan, nosamimiylik bildirib, Ichki ishlar vazirining «Muomala madaniyati» va «Odob-ahloq qoidalari» to‘g‘risidagi buyrug‘i hamda Intizom Ustavi talablarini buzganligi uchun Paxtachi tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori katta leytenant M.Tog‘ayevga «Hayfsan», yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor F.Haitovga «Tanbeh» intizomiy jazosi berilishi, Paxtachi tumani IIB boshlig‘i mayor S.Ortiqovning xatti-harakatlarini viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan katta ofitserlar tarkibidagi «Intizomiy kengash»da ko‘rib chiqilishi belgilandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.