Avtodo‘kon xodimining beparvoligi sabab 4ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda avtodo‘kon xodimining beparvoligi sabab bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videodan ko‘rish mumkinki, avtomobil shinalarini taxlayotgan do‘kon xodimlarining e’tiborsizligi oqibatida shinalardan biri avtomobil yo‘liga dumalab ketgan. Natijada keskin tormozlanishni amalga oshirgan Nexia-3 avtomobilining orqasiga boshqa bir Nexia kelib urilgan.
Shuningdek, yana bir Nexia-3 avtomobili haydovchisi to‘qnashuvdan qochish maqsadida tormozni bosgan va ortidan harakatlanib kelayotgan Damas unga kelib urilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ijtimoiy tarmoqlarda avtodo‘kon xodimining beparvoligi sabab bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videodan ko‘rish mumkinki, avtomobil shinalarini taxlayotgan do‘kon xodimlarining e’tiborsizligi oqibatida shinalardan biri avtomobil yo‘liga dumalab ketgan. Natijada keskin tormozlanishni amalga oshirgan Nexia-3 avtomobilining orqasiga boshqa bir Nexia kelib urilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) May 18, 2021
Shuningdek, yana bir Nexia-3 avtomobili haydovchisi to‘qnashuvdan qochish maqsadida tormozni bosgan va ortidan harakatlanib kelayotgan Damas unga kelib urilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













