Tadbirkor foydasiga 250 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi

Tadbirkor foydasiga 250 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi
Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 27.07.2020 yil kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Toshkent SEOSM”dan undiruvchi “Story Altiv Servis” MCHJ foydasiga 250.048.875 so‘m qarz undirish haqidagi ijro hujjati MIB Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga 20.08.2020 yil kuni kelib tushgan.

Shu kuni davlat ijrochisi J.Rahmatov tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.

MIB tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida mazkur qarzdorlik undiruvchi tadbirkor foydasiga joriy yilning 28 aprel kuni  undirilib berildi. Mazkur ijro ish yurituvi tamomlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.