O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi
Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda 2021 yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan budjet tashkilotlarida ishlovchilar ketma-ket uch kun dam olishadi.
Prezident farmoniga asosan, 20–22 iyul (seshanba–payshanba) kunlari – ish haftasining turidan qat\'i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi.

Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21 iyul va 22 iyulga ko‘chiriladi.

Haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun grafik quyidagicha bir xil:
  • 17 iyul (shanba) – ish kuni
  • 18 iyul (yakshanba) – dam olish kuni
  • 19 iyul (dushanba) – ish kuni
  • 20 iyul (seshanba) – dam olish kuni
  • 21 iyul (chorshanba) – dam olish kuni
  • 22 iyul (payshanba) –  dam olish kuni
  • 23 iyul (juma) – ish kuni
  • 24 iyul (shanba) – ish kuni
  • 25 iyul (yakshanba) – dam olish kuni
Har yillik mehnat ta\'tilining davomiyligi mazkur qisqartirish hisobga olingan holda, 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.