Afg‘onistondagi yagona sport telekanali o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Afg‘onistondagi yagona sport telekanali o‘z faoliyatini to‘xtatdi
Foto: TOLO News
Afg‘onistondagi yagona sport telekanali 3 sport moliyaviy muammolar va toliblar tomonidan kiritilgan cheklovlar sababli o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.

Telekanal rahbariyati a’zosi Shafiqulla Salim Poyning ta’kidlashicha, oxirgi vaqtda telekanal muxbirlari tadbirlarni yoritishda cheklovlarga uchragan.

TOLO News ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan 2 oydan kamroq vaqt ichida 150 dan ko‘proq afg‘on ommaviy axborot vositasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.