Jizzaxda tadbirkor yer talashib, 62 yoshli xususiy korxona rahbarini otib o‘ldirdi

Jizzaxda tadbirkor yer talashib, 62 yoshli xususiy korxona rahbarini otib o‘ldirdi
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 3 fevral kuni yer talashishdan kelib chiqqan janjalda tadbirkor xususiy korxona rahbarini otib qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, tumanning «G‘afur G‘ulom» mahallasida yashovchi tadbirkor (54 yoshli)ning yeriga Paxtakor tumani «Toshkent» mahallasida yashovchi xususiy korxona rahbari (1960 yilda tug‘ilgan) MIB xodimlari bilan birga borgan. Yer talashish oqibatida o‘rtada janjal kelib chiqqan.

Arnasoylik tadbirkor o‘ziga tegishli ov miltig‘i bilan yerni olish uchun kelgan korxona rahbarining o‘ng ko‘krak qismiga bir marta otib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.