Sirdaryoda ikkita sher bolasini noqonuniy olib ketayotganlar qo‘lga tushdi

Sirdaryoda ikkita sher bolasini noqonuniy olib ketayotganlar qo‘lga tushdi
Foto: Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Sirdaryo viloyatida ikkita sher bolasini noqonuniy olib ketayotgan ikki fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, boshqarmaning nazorat bo‘yicha inspeksiyasi inspektorlari hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda reyd tadbiri o‘tkazgan. Unda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan D.B va A.Sh. ikkita sher bolasini noqonuniy ravishda olib ketayotganda ushlangan.
Sirdaryoda ikkita sher bolasini noqonuniy olib ketayotganlar qo‘lga tushdi
Foto: Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Sher bolalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib vaqtincha saqlash uchun belgilangan joyga joylashtirilgan. Hozirda jonivorlarning sog‘ligi yaxshi ahvolda. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.