IIB bayonoti: Namangandagi bozorda ayollar janjal ko‘tardi

IIB bayonoti: Namangandagi bozorda ayollar janjal ko‘tardi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda ayollar bozor hududida janjallashayotgani tasvirlari tarqaldi.

Viloyat IIBga ko‘ra, mazkur holat 29 mart kuni Namangan shahrida joylashgan «Chorsu» dehqon bozori hududida tashkil etilgan yarmarkada kartoshka mahsuloti arzonlashtirilgan holda sotilgan jarayonda yuzaga kelgan.

Bozor ichida savdo qilayotgan bir nechta ayollar kartoshkaning narxiga e’tiroz bildirib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi hatti-harakatlarni sodir etgan.

Holat yuzasidan hududiy Ichki ishlar bo‘limi va profilaktika inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.