Noma’lum shaxs tezyurar poyezddagi 9 yoshli bolaning boshini yordi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»
10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otildi.
Ushbu voqea soat 22:25 da «Oltiariq – Marg‘ilon» uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan.
«Poyezdning 6-vagonidagi oynasini yorib o‘tgan tosh 9 yoshli yo‘lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo‘lgan. Soat 22:32 da «Marg‘ilon» temiryo‘l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi», deyiladi O‘zbekiston temir yo‘llari xabarida.
Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otildi.
Ushbu voqea soat 22:25 da «Oltiariq – Marg‘ilon» uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan.
«Poyezdning 6-vagonidagi oynasini yorib o‘tgan tosh 9 yoshli yo‘lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo‘lgan. Soat 22:32 da «Marg‘ilon» temiryo‘l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi», deyiladi O‘zbekiston temir yo‘llari xabarida.
Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













