Muddati o‘tgan “Riboxin”lar yo‘q qilindi

Muddati o‘tgan “Riboxin”lar yo‘q qilindi
Bugun, 06.04.2022 yilda Byuroning Andijon tuman bo‘limi tomonidan sudning ijro hujjatiga asosan ashyoviy dalil tariqasida olingan “Riboxin” dori vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi hamda Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tuman bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.
Muddati o‘tgan “Riboxin”lar yo‘q qilindi
Tadbirda “Mask” MCHJ shaklidagi agrofirmasi omborida saqlanayotgan jinoyat ish materiallari bo‘yicha ashyoviy dalil hisoblangan kichik qutilarda 930 dona 150 o‘ram 139 500 ta, katta qutilarda 136 dona 100 o‘ram 13 600 ta, jami 153 100 ta “Riboxin” dori vositalari taqdim qilindi.

Muddati o‘tgan iste’molga yaroqsiz hisoblangan, 153 100 ta “Riboxin” dori vositalari tomonlar ishtirokida chiqindilar poligonida belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.