Jahongir Otajonov konsertiga chipta yutib olish imkoniyatini bermoqda


Xonanda Jahongir Otajonov 3-4-5 iyun kunlari “Istiqlol san’at saroyida o‘zining “Ishtiboh” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
Shu munosabat bilan xonanda muxlislariga konsert dasturiga taklifnoma yutib olish imkoniyatini yaratdi.
Uning shartlariga ko‘ra, kimda-kim uning Feysbukdagi sahifasiga 5555 bo‘lib sharh qoldirsa 1-qatordan chipta yutib oladi.
“Azizlar konsert dasturimning chiptalari uchun o‘yinlar boshlandi. Bugungi o‘yinda kimki 5555 “kommentariy”ga “taklifnoma” so‘zini yozib qoldirsa 4 iyunga 1-qatordan bitta joy yutib oladi. Omad tilayman!”
Jahongir Otajonov konsert dasturiga avvalgi yillarda ham mana shunday ravishda chiptalarni muxlislariga tortiq qilgan, deb xabar beradi \"Darakchi\" nashri.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













