Joli va Pitt Ispaniyadan 3,8 mln dollarlik villa sotib olishdi


Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pitt Ispaniyadan 2,65 mln funt sterlingga (3,8 mln dollarga yaqin) villa sotib oldi, deya xabar bermoqda \"Kun\" nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra Joli va Pittga tegishli villa Andraych hokimligi hududida joylashgan bo‘lib, ushbu Balear orollarini u «5 soniyalik sukut» filmini suratga olish jarayonida yoqtirib qolgan va aynan ushbu hududdan uy sotib olishga qaror qilgan.

Villaning maydoni 900 kv. mni tashkil etib, 8 yotoqxona, yirik bog‘ va hovuz qurilgan.
Pitta va Jolining Fransiya va AQShda ko‘chmas mulki bor. Fransiyadagi shato Miravalni ular 60 mln dollarga sotib olishgan. Bir oz avval Ommaviy axborot vositalari orqali Joli va Pitt Londondagi turar joy uchun 21 ming dollar miqdorida to‘lov qilayotganligi haqida xabar berilgandi.





Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













