Sardor Rahimxonning “Askar onasi” muxlislar qalbini o‘rtab yubordi

Sardor Rahimxonning “Askar onasi” muxlislar qalbini o‘rtab yubordi
Sardor Rahimxonning “Askar onasi” muxlislar qalbini o‘rtab yubordi

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon 9-10 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan yakkaxon konsert dasturida “Askar onasi” nomli qo‘shiqni kuylagandi, deyiladi \"Kun\" nashrida. Ushbu qo‘shiq Vatan uchun jonini fido qilgan, uni yot ko‘zlardan asrash o‘z jonlarini ayamagan askarlar xotirasiga bag‘ishlanib, unda marhum askar bolasi yodi bilan yashayotgan ma’suma onalar madh etilgan.

Qo‘shiq konsertda taqdim etilgan paytdayoq muxlislarga manzur bo‘lib, undagi mazmun muxlislar va askar farzandli bor onalar qalbini o‘rtab yubordi. Yaqinda ushbu qo‘shiqning radioto‘lqinlar orqali premerasi bo‘lib o‘tdi.


"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.