Xonanda Lola Moskva shahrida konsert beradi


Bahorda AQShning Nyu-York shtatida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan xonanda Lola yana bir xorijiy shaharda muxlislari uchun kuylashini ma’lum qildi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.
“Moskva...Tayyormisiz? Yoningizga ketyapman”,—deb yozdi xonanda Moskva shahrida konsert berishni rejalashtirayotganiga ishora qilib.
Konsert sanasini xonanda hozircha oshkor qilmagan. Muxlislar Lolaning Toshkentdagi konserti qachon bo‘lishiga qiziqqanida u “noyabrda” deya javob berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













