Adel Fransiya-Ruminiya o‘yinini tomosha qilish uchun konsertini bir necha daqiqa to‘xtatib turdi

Adel Fransiya-Ruminiya o‘yinini tomosha qilish uchun konsertini bir necha daqiqa to‘xtatib turdi
Adel Fransiya-Ruminiya o‘yinini tomosha qilish uchun konsertini bir necha daqiqa to‘xtatib turdi

Angliyalik mashhur qo‘shiqchi Adel (Adel Lori Blu Edkins) 10 iyun kuni kechqurun Parijda konsert berdi.

U Fransiya va Ruminiya o‘rtasida kechgan Evropa chempionatining birinchi uchrashuvini biroz vaqt tomosha qilish uchun konsertni o‘rtasida to‘xtatgan, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Qo‘shiqchi «Akkor Hotels Arena» (avvalgi «Bersi» sport saroyi – tahrir tribuna.uz niki) saroyida bo‘lib o‘tayotgan konsert sahnasiga o‘rnatilgan ekran orqali o‘yinni bir necha daqiqa tomosha qilgan va uning bu harakati yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘lgan.

Le Parisien ma’lumotiga ko‘ra, u shuningdek, fransuzlarni qo‘llab-quvvatlab «Allez les Bleus» qo‘shig‘ini kuylagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.