Berlinda o‘zbek she’riyatiga asoslangan konsert o‘tkazildi (foto)

Berlinda o‘zbek she’riyatiga asoslangan konsert o‘tkazildi (foto)
Germaniyaning Berlin shahrida o‘zbek she’riyatiga asoslangan Kirill Rixter va dirijor Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti o‘tkazildi. Bu haqda saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida ma’lum qildi.
 
Ma’lum qilinishicha, Kirill Rixter aynan shu konsert uchun o‘zbek she’riyatiga asoslangan asar tayyorlab, uning musiqasi va ssenografiyasiga mualliflik qildi. Ko‘rgazma mamlakat tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o‘rganishning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
Berlinda o‘zbek she’riyatiga asoslangan konsert o‘tkazildi (foto)
Foto: Telegram / @SSHMirziyoyeva
Ushbu loyiha tinglovchilarga o‘zbek she’riyatining teranligi va go‘zalligini his etish hamda sozandalarimizning iste’dodi va mahoratiga baho berish imkonini beradi.
 
Ushbu musiqiy tadbirni \'O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha\' ko‘rgazmasining debochasi deyish mumkin. Ko‘rgazma yurtimiz tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o‘rganishning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Berlinda o‘zbek she’riyatiga asoslangan konsert o‘tkazildi (foto)
Foto: Telegram / @SSHMirziyoyeva
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.