Yaxshiyam

YAXSHIYAM
Yaxshiyam dunyoda haqiqat g‘arib,
Yaxshiyam dunyoda yolg‘on chiroyli.
Yaxshiyam savlatdor foili firib,
Tishlari tillodan, ko‘rkli, saroyli...
Yaxshiyam g‘iybatdan kuymaydi tillar,
Yaxshiyam boqiyning hukmi beimkon.
Yaxshiyam sirpanchiq eng to‘g‘ri yo‘llar,
Yaxshiyam haq so‘zning narxi -- shirin jon.
Yaxshiyam hayotning o‘zi muallim,
Yaxshiyam mukammal baxt bunda yo‘qdir.
Oqlarning niyati o‘ziga ma’lum,
Yaxshiyam hanuzki qoralar oqdir.
Yaxshiyam botiniy tuyg‘ular uzlat,
Yaxshiyam ajrini so‘rmas ixloslar.
Yaxshiyam tikon-la o‘ralgan jannat,
Tirjayib kirardi yo‘qsa ifloslar.
Manba: twitter.com/Jamolbobo1
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













