Yulduz Usmonova ShHTga atab qo‘shiq kuyladi

Yulduz Usmonova ShHTga atab qo‘shiq kuyladi
Yulduz Usmonova ShHTga atab qo‘shiq kuyladi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova doim tesha tegmagan mavzularga qo‘l uradigan xonandalardan. San’atkor 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti va tashkilot faoliyatini o‘zida tasvirlagan qo‘shiq yaratdi.

Joriy yilning 21 iyun kuni YouTube’ga joylangan ushbu qo‘shiq internet foydalanuvchilarining e’tiborini ortib kelmoqda. Xonanda qo‘shig‘ida tinchlikni, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik rishtalarini madh etgan. U qirg‘iz, qozoq, rus, xitoy, tojiy va o‘zbek xalqlari nomini tilga olib qo‘shiq kuylar ekan, unda asosiy e’tiborini millatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hamkorlik va rivojlanishga qaratgan.

Qo‘shiq turli xalq musiqasi va yo‘nalishini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, uning so‘zlari qirg‘iz, qozoq, rus, xitoy, tojik va o‘zbek tillarida kuylanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.