Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)

Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)
Yulduz Usmonovaning muxlislari bahor faslini intiqlik bilan kutishadi. Boisi, xonanda ayni bahor chogʻi yangi kontsert dasturi bilan muxlislarini xushnud etadi. Ammo bu yilgi dastur bir oz ertaroq fevral oyida boshlandi. Ammo aytish mumkinki, tashqari qorga burkangan boʻlsa-da, “Istiqlol” san'at saroyida bahor nafasi ufurib turardi.

Xonanda bu yilgi sahna bezaklarida gullarga alohida urgʻu bergan.
Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)
Foto: “Daryo”
Yulduz Usmonova har yilgi kontsertida yangi qoʻshiqlarga alohida e'tibor berardi. Bu yilgi dastur repertuari esa asosan nostalgiya qoʻshiqlaridan iborat boʻldi. Ammo muxlislar buni oʻzgacha zavq bilan qarshilashdi.
Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)
Foto: “Daryo”
Kontsert toʻliq jonli ijroda oʻtkazilgani uchun ham katta orkestr va xor jamoasi ham ishtirok etdi. Saroy sahnasida 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)
Foto: “Daryo”
Dasturni doimgidek qiziqchi Shukrullo Isroilov olib bordi.
Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)
Foto: “Daryo”
Yulduz Usmonova “Navroʻz” raqs jamoasi raqqos va raqqosalari bilan birga tengma-teng raqsga tushdi. Ayniqsa, uning xorazmcha raqsi tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.
Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)
Foto: “Daryo”
Xonandaning bu yilgi kontsert dasturi ham koʻtaringki kayfiyatda oʻtdi. Faqatgina kontsert berish borasida bir necha yil tanaffus qilmoqchi ekani haqidagi gaplari muxlislarni bir oz ranjitdi. Chunki primadonna kabi sahnada yonib kuylaydigan xonandalar koʻp emas.
Yulduz Usmonovaning bu yilgi kontsert dasturi qanday oʻtyapti? (foto, video)
Foto: “Daryo”
Agar Yulduz Usmonova kontsertining zavqini qisman boʻlsa-da, his qilishni istasangiz, tayyorlangan maxsus reportajni tomosha qiling. Ketgan vaqtingizga aslo achinmaysiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.