Sharof Muqimov uyini sotuvga qo‘ydi

Sharof Muqimov uyini sotuvga qo‘ydi
Sharof Muqimov uyini sotuvga qo‘ydi

Avvalroq, xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning oilasiga darz ketgani haqida xabar bergan edik. Ko‘tarilgan mish-mishlar yuzasidan ikkisi ham o‘z fikrini bildirib, oilaviy mojarolari bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritishdi. Ayni damda Sharof va Sevinch qonuniy ajrashishmagan bo‘lsada, bir-birlaridan ayro yashashmoqda. Farzandlari Leyla esa onasi bilan.

Bugun, 22 avgust kuni xonanda Sharof Muqimov Toshkentning markazida Sevinch bilan istiqomat qilgan uyini sotuvga qo‘ygani haqida xabar qildi. Xonanda uyini sotishga astoydil kirishgan chog‘i uning barcha afzalliklarini sanab o‘tgan, deb xabar berdi \"Qalampir\" nashri.

Sharof oilaviy masalalari yuzasidan intervyu berganicha yo‘q. Xonanda turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlariga boshqalarning aralashishini, OAV bu masalalarni hadeb yoritishini istamayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.