Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video)

Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video)
Foto: TCLTV Plus / YouTube
Xitoyning maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi TCL kompaniyasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ilk romantik komediyaning anonsini e’lon qildi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar berdi. Qisqa metrajli film “Keyingi bekat — Parij” deb nomlanadi.
Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video)
Foto: TCLTV Plus / YouTube
Film treyleri allaqachon YouTube\'ga yuklangan. Kadrlarga e’tibor bersangiz, qahramonlar yuz tuzilishi, mimika va harakatlarida sun’iylik yaqqol namoyon bo‘ladi. Atrofdagi manzaralar ham o‘ta xira va noaniq tasvirlangan.
Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video)
Foto: TCLTV Plus / YouTube
Film ssenariysi ham sun’iy intellekt tomonidan yozilgan, lekin qahramonlarga haqiqiy aktyorlar ovoz bergan. Shuningdek, film ustida prodyuserlar jamoasi, vizual effektlar bo‘yicha mutaxassislar va sun’iy intellekt muhandislari ham ish olib bormoqda.
Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video)
Foto: TCLTV Plus / YouTube
“Keyingi bekat — Parij” filmi o‘z to‘yida qaylig‘i tomonidan tashlab ketilgan kelin haqida hikoya qiladi. Qiz Parijga — asal oyini o‘tkazishga yakka o‘zi boradi va poyezdda sirli inson bilan tanishib qoladi. Qizg‘in suhbat qurgach, shaharni birga kezishga qaror qilishadi.

Asar ustida ish olib borayotganlarning ta’kidlashicha, filmning sifati tez orada yaxshilanadi va 2024 yilning yoz oyida TCLtv+ striming xizmatida ommaga namoyish etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.