Xivadagi IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi

Xivadagi IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi
Xivaning tarixiy Ichanqal’a majmuasida YUNESKO va AYSESKO xalqaro tashkilotlari ko‘magida bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan mazkur yirik madaniy tadbirga jahonning turli davlatlaridan ko‘plab baxshi-ijrochilar tashrif buyurishdi.
Xivadagi IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi
Festival yakuniga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha e’lon qilindi:

3-o‘rin sohiblari:
- Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan baxshi Ikxagvasuren Lkxamragcha;
- Rossiya vakili Aksiniya Stepanova;
- O‘zbekistonlik iqtidorli baxshi Ziyodillo Ahmedov.
Xivadagi IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi
Ziyodillo Ahmedov (O‘zbekiston)
2-o‘rinni egallaganlar:
- O‘zbekistondan Usmonjon Abdullayev;
- Qozog‘istonlik baxshi-ijrochi Kensulu Turikpen.
Xivadagi IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi
Usmonjon Abdullayev (O‘zbekiston)
1-o‘rin sohiblari sifatida esa:
- O‘zbekiston sharafini himoya qilgan baxshi Muyassar Jumatova;
- Turkmaniston milliy baxshilar guruhi yuqori baholandi.
Xivadagi IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi
Muyassar Jumatova (O‘zbekiston)
Festivalning eng yuqori mukofoti — Gran-pri esa Ozarbayjonning «Oshiqlar» guruhiga topshirildi. Ushbu ijodiy jamoa tadbir ishtirokchilari va hakamlar hay’ati e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Xivadagi IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi
«Oshiqlar» guruhi (Ozarbayjon)
Ma’lumot uchun, mazkur festival O‘zbekiston madaniy hayotida alohida o‘rin tutadi va milliy baxshichilik san’ati rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda ishtirok etgan ijrochilar o‘z ijodlari orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy muloqotni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqdalar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.