Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, bugun O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilishi va qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Pavilon mavzusi o‘zida muhandislik fanlari, shaharshunoslik, biologiya va sun’iy intellektni birlashtirgan va «Intelligens. Tabiiy. Sun’iy. Kollektiv» deya nomlangan biyennale mavzusiga to‘la mos keladi.
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
\"Biz noyob «Quyosh» obyektining rolini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Uni nafaqat saqlab qolish, balki global va ilmiy munozaralarga kiritishni istaymiz.
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bu Venetsiya biyennalesidagi beshinchi ekspozitsiyamiz. Har safar biz ona yurtimizning ko‘z ilg‘amas qadriyatlarini, tarixga ehtirom, ilm-fanga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatib, jahon hamjamiyatini hayratga solishda davom etamiz.
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Ushbu loyihaga o‘z kuch-g‘ayrati, ijodi va jonajon O‘zbekistonimizga bo‘lgan muhabbatini baxsh etgan jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Sizlar tufayli pavilonimiz har doim katta qiziqish uyg‘otadi va ko‘plab mehmonlarni jalb qiladi.

Demak, dunyo O‘zbekiston sari tobora yaqinlashmoqda, uni kashf qilmoqda\", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.