Manzuraning diniy fikrlari ko‘rinishiga mos emasmi?

Manzuraning diniy fikrlari ko‘rinishiga mos emasmi?
Manzuraning diniy fikrlari ko‘rinishiga mos emasmi?

Xonanda Manzuraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi postlarida diniy fikrlar tobora ko‘paymoqda, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Nashrning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “Manzuraning diniy fikrlari shou-biznesdagi o‘rniga mos emas”, qabilidagi fikrlarni yozib qoldirishmoqda.
Manzuraning diniy fikrlari ko‘rinishiga mos emasmi?

Masalan, internet foyddalanuvchilarining fikriga ko‘ra, xonandaning yangi \"Romeo\" klipi xonandaning diniy fikrlariga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Mazkur ayblovlarga Manzura quyidagicha javob berdi:

“Qanday ko‘rinishda bo‘lishim kerak ekan unda? Doimo kichkina qizaloq ko‘rinishidami? Doimgidek ko‘rinishdaman, shunchaki yoshimga yosh qo‘shilyapti. Shou-biznes ham musulmon-ku. Xudoga shukr, hammayog‘im yopiq bo‘lsa. Unday bo‘lsang ham yoqmaysan, bunday bo‘lsang ham. \"Romeo\" klipida esa yalang‘och emasman-ku, hammayog‘im yopiq bo‘lsa, tavba odamlarniyam tushunib bo‘lmaydi. Klipdagi imijim \"derzko\" bo‘lsa, bu degani Xudoni unutdi, deganimas-ku. Bunday noo‘rin tanqid qilayotgan odamlarni esa ochig‘i tushunmadim”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.