Munisa Rizayeva Dubay safarini yakunlab, o‘zgacha uslubda yana ishga qaytdi

Munisa Rizayeva Dubay safarini yakunlab, o‘zgacha uslubda yana ishga qaytdi

Xonanda Munisa Rizayeva Dubaydagi safarini yakunlab, O‘zbekistonga qaytdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislariga murojaat qildi.

San’atkor o‘z postida quyidagicha yozgan: “Xayr, Dubay! Biz seni sog‘inamiz! Ko‘rishguncha.” Bu so‘zlari orqali u safar chog‘ida o‘tgan yoqimli lahzalarni eslab, iliq his-tuyg‘ularini bildirgan.

Biroq Munisa Rizayeva har doimgidek, o‘ziga xos hazil-mutoyibasi bilan ham muxlislarini kuldirishni unutmagan. U samolyotdan qaytgach, shunday yozgan: “Samolyotdan qayerga? To‘g‘ri ishga. Bugun ochilish marosimini o‘tkazdim.”

Ijodkorning bu so‘zlari muxlislari orasida ijobiy kayfiyat uyg‘otdi. U yana bir bor faol ijodiy jarayonga qaytganini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, xonanda yangi suratlarida o‘zgacha imijda namoyon bo‘ldi. U nafis libos, o‘ziga xos soch turmagi va tabiiy bo‘yoqlari bilan kuzatuvchilar e’tiborini tortdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.